Surxondaryoda yuk mashinasi teplovoz bilan to‘qnashib ketdi. Haydovchi voqea joyida vafot etgan

  • 11:09 / 10.08.2021
  • 203

Surxondaryo viloyatida teplovoz va “Zil” yuk mashinasi to‘qnashuvi natijasida 43 yoshli haydovchi vafot etdi. 

Xabarda aytilishicha, voqea 7-avgust kuni soat 22:30 lar atrofida Sho‘rchi – Elbuloq temir yo‘l bekatlari oralig‘ida yuz bergan.

Aniqlanishicha, qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasiga M41 avtomobil yo‘lida harakatlanib kelayotgan “Zil” yuk mashinasi haydovchisi rezerv teplovoz harakatlanib kelayotganini ko‘ra turib, temir yo‘l kesishmasidagi svetofor chiroqlariga amal qilmasdan yo‘lni kesib o‘tishga uringan va bu ayanchli oqibatga olib kelgan. 

“Zil”ni boshqarib kelgan 43 yoshli haydovchi voqea joyida vafot etgan.