Surxondaryolik “samosud”chi ayollarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

  • 18:01 / 21.07.2021
  • 207

2021-yil 17-iyun kuni soat 8:00larda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida yashovchi E’zoza ismli ayol, uning voyaga yetmagan qizi va Dilnoza ismli qarindoshining Albina ismli ayolni oralaridagi nizoli vaziyat tufayli “samosud” qilgan.

Ular ikki nafar farzandi bo‘lgan Albinaning sochlarini qaychi bilan kesib tashlashadi, shuningdek, tan jarohati ham yetkazadilar. Ushbu janjalli vaziyatni esa qo‘l telefoni orqali videoga olishib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborishgan. 

Mazkur holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Tuman IIBning olib borgan surishtiruv-tergov harakatlarida Albinaning olgan tan jarohatlari yengil turdagi tan jarohati ekanligi aniqlangan. 

E’zoza va Dilnoza ismli shaxslarga nisbatan esa 2021-yil 3-iyul kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi “a” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq surxondaryolik ayollarning 29 yoshli ayolni “samosud” qilgani haqida xabar berilgan edi.