Svetlana Loboda koronavirusga chalindi 

  • 09:00 / 03.04.2021
  • 83

Ukrainalik xonanda Svetlana Loboda koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. Ijodkor bu haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qilgan. 

“Besh kun avval o‘zimda holsizlik va shamollash belgilarini sezdim, bugun esa COVID-19 ga topshirgan testimda musbat javob chiqdi”, dedi Loboda. 

Xonandaning xasta ekanligi tufayli uning 16-aprel sanasiga rejalashtirilgan konserti noma’lum muddatga qoldirilgan.