Talabaga qaysi holatda bazaviy stipendiyaning 10 barobar miqdoridagi rag‘batlantirish beriladi?

  • 17:45 / 07.02.2020
  • 705

Foto: xabardor.uz

Xalqaro, respublika va oliy ta’lim miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari g‘oliblariga, shuningdek oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda (kasalligi yoki oila a’zolarining vafoti kabi) talabalarga bazaviy stipendiyaga nisbatan 10 baravargacha miqdorda bo‘lgan bir martalik rag‘batlantirish yoki moddiy yordam to‘lovi berilishi mumkin. Bu haqida Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Bundan tashqari, o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari “a’lo” baho (reyting ko‘rsatkichi – 86 ball va undan yuqori) bo‘lgan, to‘lov-kontrakt asosida (stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda ekanligidan qat’i nazar) ta’lim olayotgan talabalarga stipendiya bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida;

-  Iqtidorli, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida (stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda ekanligidan qat’i nazar) ta’lim olayotgan talabalarga ularga belgilangan stipendiyalarga nisbatan qo‘shimcha 50 foizgacha miqdorda rag‘batlantirshlar berib boriladi. Rag‘batlantish va unga mablag‘ ajartish ishlari bilan esa, “Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi” shug‘ullanadi.

Shuningdek, anjumanda davlat granti asosida ta’lim olayotgan talablarga  2019-yil 1-sentabrdan 2020-yil 1-fevralga qadar haqiqatda to‘langan hamda Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-avgustdagi 344-son qarori asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan miqdorlar orasidagi tafovut to‘lab berilishi ham alohida ta’kidlandi.