Talabalar 45 millon so‘mlik psixotrop vositalarni sotmoqchi bo‘ldi 

  • 10:43 / 27.02.2020
  • 773

Andijon davlat tibbiyot instituti uch nafar talabalari boshqa shaxs bilan til biriktirib, xaridorga jami 1 000 dona kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositalarini 45 mln. so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Xuddi shunday holat fuqarolar K.M. va M.A.lar xaridorga jami 2 625 dona psixotrop vositani 105 mln. so‘mga sotayotgan vaqtlarida ushlanib, ulardan jami 8 000 dona kuchli tasir qilivchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Mazkur jinoiy ishlar DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda davomida aniqlangan