Tamaki saraton xavfini 20 foizga oshiradi – onkolog

  • 17:05 / 08.06.2021
  • 56

Taniqli onkolog, akademik Andrey Kaprin kuniga beshta donadan koʻp tamaki chekish saraton kasalligi xavfini 20 foizga oshirishini maʼlum qildi.


Mutaxassisning aytishicha, onkologik kasalliklarning oldini olish uchun sogʻlom turmush tarzi qoidalariga amal qilish va chekishni tashlash kerak.


Akademik Kaprin spirtli ichimliklar va goʻsht isteʼmolida ham meʼyorga amal qilmaslik ogʻir oqibatlarga olib kelishini, shuningdek semizlik bilan kurashish lozimligini taʼkidladi.