Taniqli olim, professor Boybo‘ta Do‘stqorayev 80 yoshida vafot etdi

  • 09:37 / 28.07.2021
  • 209

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori, filologiya fanlari nomzodi, ko‘plab jurnalistlarning ustozi Boybo‘ta Do‘stqorayev vafot etdi.
B.Do‘stqorayev ancha yillardan beri insult bilan kasallanib kelar edi.

U 1942-yili Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Oqto‘nli qishlog‘ida tug‘ilgan.
Do‘stqorayev ToshDU (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida 1969-yildan ish boshlagan.

Olimning 2009-yilda nashr qilingan “O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi” darsligi ushbu yo‘nalishdagi eng mukammal, ishonchli manbalardan biri sifatida e’tirof etilgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi unvoni bilan taqdirlangan.