Tanzila Narbayeva Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

  • 16:00 / 13.07.2021
  • 157

2021-yil 13-iyul kuni Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekarni qabul qildi. Bu Senat matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd qilinishicha, suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Olgan Bekar O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlarga yuqori baho berdi.

Shuningdek, tomonlar parlamentlararo muloqotni rivojlantirish O‘zbekiston-Turkiya hamkorlik aloqalarini yuqori bosqichga olib chiqishga, xususan oliy darajadagi tashriflar davomida savdo-iqtisodiy, investitsiaviy va texnologik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Muzokaralar doirasida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Teglar