Tarixiy shaxslarning ehtimoliy koʻrinishlari qanday boʻlgan? (foto)

  • 17:58 / 03.09.2021
  • 497

Nefertiti yoki Yuliy Sezarning haykaliga nazar tashlab, ularning tashqi koʻrinishi qanday boʻlgani haqida hech oʻylab koʻrganmisiz? Dallaslik rassom va grafika dizayneri Bekka Saladin tarixiy faktlar va arxeologiya faniga har doim qiziqqan. Shu sababli u tarixiy shaxslarning ehtimoliy koʻrinishlarini aks ettirishga kirishdi. Rassom bu maqsadda “Royalty Now” seriyasini yaratdi va koʻp oʻtmasdan mashhur boʻlib ketdi. Bekka suratlar, tahrir va raqamli chizmalar uygʻunligida tarixdagi shaxslar bugungi kunda yashasalar, qanday koʻrinishda boʻlishlari mumkinligini tasavvur qilib koʻradi. Uning ijodiy namunalari bilan tanishishni istaysizmi?

Leonardo da Vinchi – italiyalik rassom va olim, ixtirochi, yozuvchi, musiqachi

Jozef Bolon de Sen-Jorj – fransuz bastakori, dirijyor, skripkachi, qirol mushketyori

Oktavian Avgust – Rim imperiyasi asoschisi

Mona Liza – Leonardo da Vinchi surati qahramoni

Marvaridli zirak taqqan qiz – niderlandiyalik rassom Yan Vermeyer tomonidan chizilgan surat qahramoni

Yekaterina Govard – Angliya qiroli Genrix VIII ning beshinchi rafiqasi

Janna dʼArk – Fransiya milliy qahramoni

Volfgang Motsart – avstriyalik bastakor

Tomas Jefferson – AQShning uchinchi prezidenti, Mustaqillik deklaratsiyasi mualliflaridan biri

Buyuk Sejon – Choson davlatining 4-hukmdori

Salohiddin – Misr va Suriya sultoni, lashkarboshi

Jeyn Ostin – angliyalik adiba, satirik

Qirolicha Viktoriya – Buyuk Britaniya va Irlandiya birlashgan qirolligi hukmdori

Nefertiti – Qadimgi Misr malikasi