Tarkan Oʻzbekistonda konsert berishdan bosh tortdi

  • 11:36 / 25.05.2021
  • 209

Taniqli turk xonandasi Tarkan nima uchun Oʻzbekistonda konsert berishdan bosh tortgani sababini tushuntirib berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, xonandaga 1,2 million lira evaziga Oʻzbekistonda konsert berish taklif qilingan.

“Mening taklifdan bosh tortishim, mamlakat bilan ham, xizmat haqi yoki kayfiyatim bilan ham bogʻliq emas. Gap koronavirus pandemiyasida. U butunlay tugamas, hayot meʼyoriy holatga qaytmas ekan, konsert berolmayman”, dedi xonanda.

Maʼlumot uchun, Tarkan bugungi kunga qadar “The World Music Awards” mukofotini olgan turkiyalik birinchi va yagona xonanda boʻlib qolmoqda.