Teridagi flomaster izini yoʻqotishda yordam beruvchi 3 layfxak

  • 17:56 / 10.06.2021
  • 111

Teridagi flomaster izlarini yoʻqotish oson ish emas. Ammo, buni imkonsiz yumush deb ham boʻlmaydi.

1. Teridagi flomaster izlari ustiga quyoshdan himoya qiluvchi yoki oddiy kremdan surting. Uni 10-15 daqiqa davomida ehtiyotkorlik bilan ishqalang. Keyin esa iliq suv bilan yuvib tashlang.

2. Flomasterdan qolgan chiziqlarni antiseptik yordamida ham yoʻqotish mumkin. Antiseptik gelni chiziqlar ustidan surtib, 20 soniya davomida ishqalab turing. Chiziqlar bir zumda yoʻq boʻladi.

3. Navbatdagi layfxak esa nafaqat flomaster, balki marker va sharikli ruchka siyohini ham tozalab olish xususiyatiga ega. Chiziqlar ustiga ozroq sariyogʻ surtib, 5-10 daqiqa davomida shu holatda qoldiring. Keyin esa sovun bilan yaxshilab yuvib tashlang.