Teslaning eng tez yurar elektromobilining narxi o‘zgardi

  • 13:37 / 11.06.2021
  • 869

Tesla o‘zining flagmani Tesla Model S Plaid sedanining narxini 10 ming dollarga oshirdi, u bugun, 11-iyunda o‘zining Kaliforniyadagi zavodi, Fremontda elektromobil sotuvini boshlaydi.

Tesla Model S Plaid endi qizil qatlamli bo‘yoq, oq o‘rindiqlar va to‘liq avtomatik boshqarish vositasisiz hisobga olganda 129 990 dollardan sotuvga chiqariladi. Elektromobil 21 dyumli Araxnid g‘ildiraklari bilan jihozlangan bo‘lib, ular avvalgi kumush rang o‘rniga kul rangga bo‘yalgan.

Ma’lumot uchun, Tesla Model S Plaidga 627 km masofagacha yetadigan batareya o‘rnatilgan, 1020 ot kuchiga ega elektromobil 0 dan 96 km/soat tezlanishga 1,99 soniyada chiqadi. Buning uchun uchta yuqori samarali elektr dvigatel javob beradi.