Texnikum va kollej o‘quvchilariga amaliyotdagi davri uchun Davlat byudjetidan subsidiya to‘lanadi

  • 17:54 / 20.04.2021
  • 95

Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, 2021-yil 1-iyundan professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilariga korxonalarda amaliyot o‘tgan vaqti uchun 6 oy davomida har oy 490 ming so‘mdan Davlat byudjetidan subsidiya to‘lanadi.

Shuningdek, ko‘rsatilgan muddatdan boshlab, tadbirkorlik qilish uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yoshlarga yillik ijara xarajatlarining 30 foizi (6,1 mln so‘mgacha bo‘lgan qismi) kompensatsiya qilinadi. 

Bundan tashqari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chat xaridi uchun 2 mln so‘mgacha subsidiya beriladi.

Farmonga muvofiq, 2021-yil 1-maydan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlikni boshlash va o‘zini o‘zi band qilishi uchun mehnat qurollarini xarid qilishga 9,8 mln so‘mgacha subsidiyalar ajratiladi.

Shu bilan birga, “Yoshlar daftari”dagi ishsiz yoshlarni ishga olgan tadbirkorlarga imtiyozlar:
–  5 va undan ortiq yoshni ishga olganda davlat mulki ijarasi uchun to‘lov 50 foiz;
–  xodimlarning kamida 70 foizi yoshlar bo‘lganda davlat mulki elektron savdolarisiz beriladi va 5 yilgacha ijara to‘lovidan ozod etiladi.