Texnikumga $600 evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

  • 08:58 / 05.06.2021
  • 189

Qarshi shahrida 3 nafar fuqaroni jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.K. uch nafar fuqaroning qizlarini Qarshi shahridagi “Abu Ali Ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishini va’da qilib, ularning har biridan 600 AQSh dollaridan jami 1800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan. Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.K. aybiga to‘liq iqror bo‘lib, fuqarolardan olgan 1800 AQSh dollaridan 400 AQSh dollarini qaytarib bergan holati protsessual rasmiylashtirilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.