Tijorat banklari tomonidan 23 milliondan ortiq bank plastik kartalari muomalaga chiqarilgan – MB

  • 15:42 / 21.05.2021
  • 59

Markaziy bank respublikadagi tijorat banklari tomonidan aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risidagi statistikasini e’lon qildi.

Unda 2021-yil 1-may holatiga muomaladagi bank plastik kartalari, terminallar, bankomat va infokiosklar hamda 2021-yil yanvar-aprel oylari davomida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.

Unga ko‘ra, joriy yil 1-may holatiga 32 ta tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan bank plastik kartalari soni jami 23 mln. 167 ming 760 tani tashkil qilgan. O‘rnatilgan to‘lov terminallari soni 439 012 tani, bankomat va infokiosklar soni esa 12 180 tani tashkil qildi.

2021-yil yanvar-aprel oyi davomida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar esa 31 mlrd. 290 mln. 163 ming so‘mni tashkil qildi.