Tojikiston delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

  • 12:25 / 13.05.2021
  • 112

Toshkentda 14–15-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda  O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Shu munosabat bilan, Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya 14-may kuni mamlakatimizga tashrif buyuradi.

Tashrif dasturidan Toshkent shahridagi bir qator sanoat ob’yektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish o‘rin olgan.Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.