Tojikistondagi suv toshqini 8 kishining umriga zomin boʻldi (foto)

  • 16:02 / 12.05.2021
  • 159

Tojikistonda kuzatilayotgan kuchli suv toshqini oqibatida 8 kishi halok boʻldi. Sel mamlakatning turli hududlaridagi uylar, yoʻllar, koʻpriklarga zarar yetkazgan.

Halok boʻlganlarning uch nafari Koʻlob, uchtasi Shohin, bittasi Kushoniyon, yana biri Hisor tumanlarida yashagan. Ularning besh nafari avtomobilni suv bosishi oqibatida hayot bilan vidolashgan.

Suv toshqiniga kuchli yomgʻir sabab boʻlgan. Mamlakat prezidenti Imomali Rahmon topshirigʻi bilan tabiiy ofat oqibatida yetkazilgan zararni aniqlash va yoʻq qilish uchun hukumat komissiyasi tuzilgan.