Tojikistonga avtobus va temiryo‘l orqali yo‘lovchilar tashish qayta tiklanadi

  • 16:04 / 14.06.2021
  • 155

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi chog‘ida turli sohalarga oid 35 ta shartnoma va kelishuvlar imzolandi.

Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov bugungi brifingda shulardan transport sohasiga taalluqli kelishuvlar haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:

– Albatta, transport va tranzit muhokamasi tashrifning asosiy kun tartibidagi masalalardan biri bo‘ldi. Jumladan, ikki mamlakat transport vazirlari tomonidan O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali yuklar tranziti to‘g‘risida bitim imzolandi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston transport va tranzit sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, temir yo‘l, avtomobil va havo transportida tashishlarni ko‘paytirish uchun bundan buyon ham qulay sharoit yaratishga kelishib olindi.

Jumladan, avtomobil transporti qatnovlari kengaytiriladi, avtobuslar qatnovi va temiryo‘l orqali yo‘lovchilarni tashish qayta tiklanadi. Yuk tashishlar uchun preferensiyalar taqdim etish davom ettiriladi, – dedi Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov.