Tokio-2020. Ayollar o‘rtasidagi futbol hamda softbol bo‘yicha dastlabki natijalar ma’lum 

  • 09:47 / 22.07.2021
  • 37

Softbolda Yaponiya futbolda esa Niderlandiya terma jamoasi yirik natija qayd etdi

Tokiodagi Yozgi Olimpiya o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi ertaga bo‘lib o‘tsa-da, jamoaviy sport musobaqalari uzoqqa cho‘zilishi bois, ularga kechadan bosjlab start berildi. Dastlab, ayollar o‘rtasida softbol va futbol bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Softbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi guruh baxslarining dastlabki turida Yaponiya Avstraliyani 8:1 hisobida mag‘lub etdi. AQSh Italiya ustidan 2:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Kanada terma jamosi Meksikalik raqiblari ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Bugun musobaqaning ikkinchi turiga ham start berildi. Tur doirasida bitta uchrashuv o‘tkazilib,unda AQSh termasi Kanada ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi. Shuningdek, kun tartibidan Meksika – Yaponiya hamda Italiya – Avstraliya baxslari ham o‘rin olgan.

O‘z navbatida futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi guruh bahslarida Buyuk Britaniya Chilini 2:0 hisobi bilan yengdi. Braziliya esa Xitoyni yirik 5:0 hisobida taslim etdi. Shuningdek, Shvetsiya 3:0 hisobida AQShdan ustun kelgan bo‘lsa, Avstraliya Yangi Zelandiya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bundan tashqari, Yaponiya Kanada bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etgan bo‘lsa, Niderlandiyalik futbolchilar Zambiyalik raqiblari darvozasiga naqd 10ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.