Tokio-2020. Olimpiada futboli dovrug‘li boshlandi

  • 17:54 / 22.07.2021
  • 100

Argentina yutqazdi, Meksika Fransiyaga 4 ta gol urdi, Braziliya esa Germaniyani mag‘lub etdi

Bugun Tokiodagi Yozgi olimpiya o‘yinlarida erkaklar futbolining guruh baxslari boshlandi. Ushbu turnirda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirok etishsa-da, bu musobaqada ko‘plab mashhur nomlarni uchratish mumkin.

Shu boisdan ham, olimpiya musobaqalari kattalar futbolidan andoza olgan va ularni orasida juda katta farq yo‘q. Aynan shu jihatdan olib qaralganda, ilk turdagi natijalar ko‘pchilik uchun kutilmagan hol bo‘ldi. 

Ispaniya olimpiyachilari misrlik tengqurlarini mag‘lub eta olishmadi – 0:0. Meksika jamoasi haqiqiy sensatsiyani taqdim etdi va Fransiya termasini tor-mor keltirdi – 4:1. Yana bir kutilmagan natija Argentina – Avstraliya uchrashuvida qayd etildi – 0:2. 

1-turning qolgan natijalari:
Yangi Zelandiya - Janubiy Koreya 1:0
Kot-d Ivuar - Saudiya Arabistoni 2:1
Yaponiya – JAR – 1:0
Gonduras – Ruminiya – 0:1

Birinchi kunning eng markaziy uchrashuvi Braziliya va Germaniya terma jamoalar o‘rtasida kechdi. 30-daqiqaga kelib, Risharlisonning xet-trigidan so‘ng braziliyaliklar 3:0 hisobida oldinda edilar.

2-bo‘limda nemislar iroda ko‘rsatishga yaqin edilar. Lekin, 63-daqiqada kutilmaganda Arnoldning maydondan chetlatilishi o‘yin taqdiri hal qildi. Yakuniy hisob – 4:2.

Shu tariqa futbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi guruh bosqichining dastlabki tur bahslariga yakun yasaldi. Ikkinchi turdan o‘rin olgan uchrashuvlar esa 25-iyul sanasida bo‘lib o‘tadi.