Tokio-2020 Olimpiada oʻyinlari sovrindorlariga Prezident sovgʻalari topshirildi (foto)

  • 10:29 / 10.08.2021
  • 324

Sportchilarga mashina va uy kalitlari tantanali ravishda taqdim etildi.

Kecha, 9-avgust kuni Tokio-2020 XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olingani haqida xabar bergan edik.

Shu kuni marosimning aeroportdagi qismi ortda qolib, delegatsiya aʼzolari ikki qavatli maxsus avtobuslarda shahar boʻylab sayr qilgan holda, Milliy Olimpiya qoʻmitasiga yetib borishdi. U yerda sportchilarga Prezident sovgʻasi topshirildi.

Unga koʻra, chempionlarga “Tahoe” mashinasi va 4 sotixli kottej, bronza medali egalariga esa “Trebleizer” va 2 xonali uy kalitlari tantanali ravishda taqdim etildi.