Tokio-2020. Olimpiada o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi sabab ko‘rilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy zarar miqdori ma’lum bo‘ldi 

  • 14:54 / 22.07.2021
  • 74

Zararlarning ma’lum qismi bevosita o‘yinlar vaqtida qolgani esa musobaqadan keyin kelib chiqishi aytilmoqda

Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Tokio-2020 Olimpiadasi muxlislarsiz o‘tkazilishi sabab Yaponiya 16 milliard dollar zarar ko‘rishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Yevrosport” xabar berdi.  

Olimpiya o‘yinlarini tomoshabinlarsiz o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror tufayli Yaponiya moliyaviy yo‘qotishlarga duch keladi. Bu borada “Kansay” universiteti professor Katsuhiro Miyamoto rahbarligida tegishli tadqiqotlar olib borildi.

Unga ko‘ra, musobaqalarga muxlislarning qabul qilinmasligim sababli ko‘riladigan zarar miqdori 16 milliard dollarga baholanmoqda, shundan 6 milliard dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘yinlar paytida, 9 milliardi esa musobaqadan keyingi zararlardir.

Qayd etilishicha, bu borada amalga oshirilgan tadqiqotlar o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tokido koronavirus bilan kasallanish holati bo‘yicha rekord yangilangani haqida xabar berilgan edi.

Teglar