Tokio-2020. Olimpiada o‘yinlarida eng ko‘p daromad oladigan sportchilar reytingi tuzildi

  • 13:03 / 19.07.2021
  • 80

Ro‘yxatda Novak Jokovich va Naomi Osaka ham bor

Dunyoga mashhur Forbes nashri Tokio-2020da ishtirok etuvchi eng ko‘p daromad oladigan sportchilar reytingini tuzdi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni amerikalik basketbolchi Kevin Durant egalladi. Sportchining o‘tgan yilgi daromadi 75 million dollarga yetgan edi. Daromadi 60 million dollarni tashkil etgan yaponiyalik tennischi Naomi Osaka ikkinchi o‘rinni egalladi. 

Uchinchi o‘rin esa o‘tgan mavsum 40,5 million dollar daromad bilan AQShlik basketbolchi Damian Lillardga nasib etdi. 

Ro‘yxatning keyingi o‘rinlaridan serbiyalik tennischi Novak Jokovich (34,5 million dollar), Buyuk Britaniyalik golfchi Rori Makilroy (32 million dollar), AQShlik basketbolchi Devin Buker, yaponiyalik tennischi Key Nishikori (har biri 30,5 million dollar) hamda yana ikkita amerikalik basketbolchi Kris Midlton (27 million dollar) va Jrue Holiday (23 million dollar)lar joy olishgan.

Eslatib o‘tish mumkin, Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlari joriy yil, 23-iyulda boshlanadi va 8-avgustgacha davom etadi.