Tokio-2020: o‘zbekistonlik bokschilarning musobaqadagi ishtiroki qachon boshlanadi? 

  • 12:16 / 22.07.2021
  • 53

O‘zbekiston boks terma jamoasi a’zolarining qaysi kunlarda ringga ko‘tarilishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Yana bir kundan so‘ng Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari rasman ochiladi. Bugun esa o‘yinlar dasturidan o‘rin olgan futbol musobaqalari davom etmoqda.

Ko‘pchilik o‘zbek boks ixlosmandlari katta umid va intiqlik bilan kutayotgan boks bellashuvlariga 26-iyul kuni start beriladi.

Quyida o‘zbekistonlik bokschilarning qaysi kunlari ringga ko‘tarilishi mumkinligi haqidagi maʼlumotlar aks etgan:

Tokio-2020: boks musobaqalari taqvimi:

-52 kg: 

26-iyul - 1/16 final

31-iyul - 1/8 final

3-avgust - 1/4 final

5-avgust - 1/2 final

7-avgust - final

- 57 kg: 

24-iyul - 1/16 final

28-iyul - 1/8 final

1-avgust - 1/4 final

3-avgust - 1/2 final

5-avgust - final

- 63 kg: 

25-iyul - 1/16 final

31-iyul - 1/8 final

3-avgust - 1/4 final

6-avgust - 1/2 final

8-avgust - final

- 69 kg: 

24-iyul - 1/16 final

27-iyul - 1/8 final

30-iyul - 1/4 final

1-avgust - 1/2 final

3-avgust - final

- 75 kg: 

26-iyul - 1/16 final

29-iyul - 1/8 final

1-avgust - 1/4 final

5-avgust - 1/2 final

7-avgust - final

- 81 kg: 

25-iyul - 1/16 final

28-iyul - 1/8 final

30-iyul - 1/4 final

1-avgust - 1/2 final

4-avgust - final

- 91 kg: 

27-iyul - 1/8 final

30-iyul - 1/4 final

3-avgust - 1/2 final

6-avgust - final

+ 91 kg: 

29-iyul - 1/8 final

1-avgust - 1/4 final

4-avgust - 1/2 final

8-avgust - final

Eslatib o‘tish mumkin, boks musobaqalarida O‘zbekiston sharafini erkaklar o‘rtasida Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Miraziz Mirzaxalilov (-57 kg), Elnur Abduraimov (-63 kg), Bobousmon Baturov (-69 kg), Fanat Qahramonov (-75 kg), Dilshod Ro‘zmetov (-81 kg), Sanjar Tursunov (-91 kg), Bahodir Jalolov (+91 kg) ayollar o‘rtasida esa Tursunoy Rahimova (-51 kg), Rayhona Qodirova (-60 kg) va Shahnoza Yunusova (-69 kg)lar himoya qilishadi.