Tokio-2020: tennis bo‘yicha O‘zbekiston vakili Denis Istominning dastlabki raqibi maʼlum 

  • 12:30 / 22.07.2021
  • 42

O‘zbekistonlik sportchilar orasida Tokio-2020ga birinchi bo‘lib yo‘llanma qo‘lga kiritgan tennischi Denis Istominning Olimpiya o‘yinlaridagi ilk raqibi aniq bo‘ldi.

Bo‘lib o‘tgan qurʼa natijasiga ko‘ra, Istomin Tokio-2020’ning ilk davrasida hindistonlik Sumit Nagalga qarshi kortga chiqadi.

Qayd etilishicha, mazkur qarama-qarshilik g‘olibi esa ikkinchi davrada rossiyalik Daniil Medvedev hamda qozog‘istonlik Aleksandr Bublik o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Maʼlumot uchun, Denis ayni paytda dunyo reytingida 197-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, uning raqibi Sumit Nagal esa 160-pog‘onadan joy olgan.