Tokio Olimpiadasi sovrindorlari faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlanishdi

  • 17:01 / 13.08.2021
  • 217

Shavkat Mirziyoyev Olimpiya oʻyinlari ishtirokchilari, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashdi.

Bugun, 13-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Tokio shahridagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda Tokio Olimpiadasida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar hamda ularning murabbiylari davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmoni oʻqib eshittirildi.

Farmonga muvofiq, Bahodir Jalolov “Fidokorona xizmatlari uchun”ordeni, Ulugʻbek Rashidov va Akbar Joʻrayev “Oʻzbekiston iftixori” medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Bekzod Abdurahmonov “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” unvoni, Davlat Bobonov esa “Shuhrat”medali bilan taqdirlandi.