Tokio Olimpiadasi tomoshabinlarsiz o‘tishi mumkin

  • 06:47 / 12.06.2021
  • 115

Tokio Olimpiadasi musobaqalarida tomoshabinlar soni keskin cheklangan bo‘ladi. O‘yinlar tashkilotchilari umuman muxlislarsiz o‘tkazilishini, hattoki, yaponiyaliklarni ham stadionga kiritmasliklarini inkor etishmadi. Ushbu masala iyun oxirigacha hal qilinishi kerak. Chet elliklarning Yaponiyaga kiritilmasligi mart oyidayoq e’lon qilingan edi. Bu haqda euronews xabar qildi.

“Biz odamlarning ko‘p harakatlanishini xohlamaymiz. Virus yuqtirmaslik choralarini ko‘rishimiz kerak. Shuni hisobga olgan holda, zal va stadionlarni to‘liqligicha ochib bo‘lmaydi”, – deya ta’kidlangan o’yinlar tashkilotchisi.

Qayd etilishicha, Yaponiyada vaqti-vaqti bilan o‘yinlarni keyinga qoldirish yoki butunlay bekor qilish haqida gap-so‘zlar uchrab turibdi. 11-iyun kuni mamlakatning yetakchi muxolifat partiyasi rahbari shunday talab bilan chiqdi. Uning fikriga ko‘ra, o‘yinlarni yana birga yilga qoldirib, faol vaksinatsiya bilan shug‘ullanish kerak. Shunda Olimpiadani odatdagi fotmatda o‘tkazsa bo‘ladi.