Tokioda ketma-ket ikki marta olti oy ichida koronavirus bilan kasallanishning kunlik rekordi yangilandi

  • 13:38 / 22.07.2021
  • 43

1 sutkada qancha kasallanish holati qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

Yozgi Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan Tokioda 22-iyul kuni koronavirus infektsiyasining 1979 ta yangi holati qayd etildi

Bu 2021-yil yanvar oyining o‘rtalaridan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir, deb xabar beradi Kyodo. Kecha, 21-iyul kuni esa 1832  ta holat qayd etilib, olti oylik rekord ko‘rsatkich birinchi marta yangilangan edi. 

Avvalroq, Tokioda koronavirus tarqalishi sababli 22-avgustgacha favqulodda holatning to‘rtinchi darajasi e’lon qilinganligi haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiadasi 2020-yil 24-iyuldan 9-avgustgacha o‘tkazilishi kerak edi. Pandemiya sababli bir yilga qoldirilgan musobaqalar endi, 2021-yil 23-iyuldan 8-avgustgacha bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Tokiodagi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekistondan 17 ta sport turi bo‘yicha 71 nafar sportchi medallar uchun kurash olib boradi.