Tokiodagi Olimpiadani translyatsiya qilish Qozog‘iston uchun 7,5 million dollarga tushadi. Bu borada O‘zbekiston to‘lagan so‘mma taxmin qilinmoqda

  • 17:03 / 22.07.2021
  • 76

Olimpiadani translyatsiya qilish narxi har yili o‘sib bormoqda

Qozog‘iston tomoni Tokioda bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun translyatsiya huquqlarini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Ushbu masala Qozog‘iston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi, MOQ va XOQ orqali ishlab chiqilmoqda, ular “Silver spring media” va “Dentsu Inc” kompaniyalari bilan muammoni hal qilish uchun xat yuborishdi. Ushbu kompaniyalar o‘rtasidagi kelishuv Qozog‘istonga texnik xarajatlarni hisobga olgan holda 7,5 million AQSh dollarga tushushi mumkin.

Ta’kidlanishicha, kompaniyalar so‘ragan mablag‘ o‘tgan Olimpiada o‘yinlarni translyatsiya qilish xarajatlaridan, shuningdek mintaqadagi boshqa mamlakatlarning shu kabi xarajatlaridan sezilarli darajada oshib ketmoqda (norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 800 ming AQSh dollari evaziga Olimpiya o‘yinlarini translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan).

Shuningdek, Olimpiadani translyatsiya qilish narxi har yili o‘sib bormoqda. Masalan, 2008 va 2010 yillarda Olimpiya o‘yinlarini translyatsiya qilish Qozog‘istonga 300 ming dollarga tushgan bo‘lsa, 2012 va 2014 yillarda bu miqdor 1 million dollarga yetdi. So‘nggi, 2016 va 2018-yillardagi Olimpiya o‘yinlari translyatsiyasi uchun beriladigan so‘mma texnik xarajatlarni hisobga olgan holda 5,1 million dollarni tashkil etgan.