“Tolibon” hokimiyatni egallaganidan buyon qancha aholi mamlakatdan chiqib ketgani ma’lum bo‘ldi

  • 17:53 / 14.09.2021
  • 142

BTMning qochqinlar masalalari bo‘yicha komissari Filippo Grandi Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha ma’lum berdi. 
TASS nashri xabariga ko‘ra, Grandi Afg‘onistonga homiylik yordami bo‘yicha o‘tkazilgan anjumanda, “Tolibon” hokimiyatni egallaganidan so‘ng mamlakatni 500 ming kishi tark etganini aytgan. 
“Shu vaqtgacha, 3,5 mln. kishi uylarini tark etdi. Shundan 500 ming nafari esa mamlakatda ro‘y berayotgan voqealar sabab o‘z yurtini tashlab ketishga majbur bo‘ldi”, – deya ta’kidlagan F. Grandi.