Tomonlar o‘z qo‘shinlarini qirg‘iz-tojik chegarasidan uzoqroqqa olib chiqib ketadi – Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi

  • 18:09 / 05.06.2021
  • 74

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘z qo‘shinlarini chegaradan olib chiqishga kelishib oldilar. Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Saymo‘min Yatimov bilan muzokaralardan so‘ng Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev jurnalistlarga bu haqda gapirib berdi.

"Biz o‘tkazgan birinchi uchrashuvlar natija bermadi. Hozir navbatdagi uchrashuv yakunlandi va biz 7-8 punktdan iborat qo‘shma bayonotni qabul qildik. Hozircha men uchrashuv samarali yakunlanganini ayta olaman. Biz zudlik bilan choralar ko‘rishga qaror qildik va harbiy tuzilmalarni belgilangan hududdan olib chiqib ketamiz. Bu yerda faqat chegara xizmatining shaxsiy tarkibi qoladi", – dedi Tashiyev.

Ma'lum qilinishicha, Tashiyev Chon-Olay mintaqasi qishloqlarining evakuatsiya qilingan aholisini o‘z uylariga qaytishiga ham ruxsat bergan.

Eslatib o‘tamiz Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida 4-iyun kuni ziddiyat yuzaga kelgan edi.