Tomskda O‘zbekiston fuqarosi bilan yuz bergan holat yuzasidan ma’lumot berildi

  • 10:39 / 04.05.2021
  • 2304

2021-yil 3-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Tomsk shahrida Migratsiya xizmati xodimi tomonidan O‘zbekiston fuqarosining huquqi buzilib, unga nisbatan kuch ishlatilgani videolavhasi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Holat yuzasidan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi hamda Agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan Rossiyaning vakolatli idoralariga har tomonlama va obyektiv tekshiruv o‘tkazishni so‘rab, tegishli so‘rovnomalar yuborildi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Tergov qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi ushbu voqea bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshlagan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.