Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish uchun qancha mablag‘ sarflanishi ma’lum qilindi

  • 15:00 / 27.03.2021
  • 139

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu loyihaning umumiy qiymati $2 milliarddan oshadi. 340 kilometrlik yo‘l qurilishi 5-10 yilni tashkil etishi mumkin.

Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi mas’ul xodimi Farrux Gʻafforov ma’lum qildi. 

Farrux Gʻafforovga ko‘ra, mazkur yo‘lini qurish bo‘yicha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslar Jahon banki konsultantlari tomonidan ishlab chiqilgan va 2020-yilda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan. 

Ayni vaqtda loyihalar bo‘yicha qurilish ishlari boshlanmagan. Ikki bosqichli ochiq va shaffof tender asosida tanlangan xalqaro investor bilan Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolangandan keyin qurilish ishlari boshlanadi.

Ushbu bitim taxminan 40 yil muddatga tuzilishi ko‘zda tutilgan.