Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga rektor vazifasini bajaruvchi tayinlandi

  • 09:49 / 16.06.2021
  • 270

2021-yil 15-iyun kuni Hukumatning tegishli qarori bilan Baxtiyor Shuxratovich Maxkamov Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Baxtiyor Maxkamov bunga qadar Elektromagnit moslashuv markazi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Baxtiyor Maxkamov 1985-yilda tug‘ilgan.
Ma’lumoti oliy. 2006-yil Toshkent davlat texnika universitetining moliyaviy menejment yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrni tamomlagan.
2008-yil Toshkent axborot texnologiyalari universitetining menejment (axborot-kommunikasiya texnologiyalari) yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
2016-yildan Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc 04 №005186).
2019-yildan Dosent (03 №008928).
2020-yildan Professor (05 №003458).
50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, shu jumladan, 1 ta monografiya, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 40 dan ortiq ilmiy maqolalar. Ilmiy maqolalari AQSh, Janubiy Koreya, Rossiya, Indoneziya, Hindiston, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarda nashr etilgan.

U yangi tayinlangan ushbu lavozimida Babaxodjayev Sarvar Nadjimovichni almashtirgan.