Toshkent metropolitenida poyezd to‘xtab qoldi

  • 17:18 / 28.08.2021
  • 218

“Toshkent metropoliteni” UK holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Bunun, 28-avgust soat 14:35 atrofida Toshkent metropolitenining O‘zbekiston yo‘li – “Oybek" bekatidan "Toshkent" bekatiga harakatlanayotgan elektropoyezd harakati to‘xtab qolgan. “Toshkent metropoliteni” UK holat yuzasidan rasmiy izoh berdi va noqulaylik uchun uzr so‘radi.

Ma’lum bo‘lishicha, poyezd mashinisti harakat tarkibida nosozlikni sezgach, tegishli yo‘riqnomaga asosan harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida elektropoyezdni to‘xtatgan.

“Yo‘riqnomaga asosan ortidan kelgan harakat tarkibi yo‘lovchilarni "Oybek" bekatida tushurilib, yordam tariqasida yuborilgan. Nosoz harakat tarkibi yo‘lovchilari "Toshkent" bekatiga tushirilib, texnik ko‘rikka yuborilgan. Nosozlikni bartaraf etish vaqti 9 daqiqani tashkil etdi”, deyiladi "Toshkent metropoliteni" UK xabarida.