Toshkent metrosida yana nosozlik kuzatildi. Yo‘lovchilar Olmazor bekatida tushirib qoldirilgan

  • 06:55 / 21.06.2021
  • 404

Kecha, 20-iyun kuni Toshkent metrosida yana nosozlik kuzatildi. Keltirilgan noqulayliklar uchun ma’muriyat yo‘lovchilardan uzr so‘radi.

“Toshkent metropoliteni” UK Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kecha soat 22:10da Chilonzor yo‘nalishining Olmazor bekatidan Bekat-1 tomon harakatni boshlagan harakat tarkibi mashinisti tomonidan poyezdda nosozlik aniqlangan. Yo‘lovchilarni hamda harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida yo‘lovchilar Olmazor bekatida tushirilgan. 

Nosozlikni aniqlash maqsadida esa harakat tarkibidagi poyezd elektrodepoga jo‘natilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Toshkent metrosida nosozlik kuzatilgan, unda tarkib “Amir Temur xiyoboni” va “Buyuk ipak yo‘li” bekatlari orasida bir tomonlama harakatlangani aytilgan edi.