Toshkent metrosidaga nosozlik yuzasidan tushuntirish berildi

  • 12:56 / 20.09.2021
  • 109

"Toshkent metropoliteni" UK metropolitenda poyezdning to‘xtab qolishi bilan bog‘liq hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 20 sentyabr soat 09:10 da Gʻofur Gʻulom bekatidan Chorsu bekatiga harakatlanishi lozim bo‘lgan 41-yo‘nalishdagi harakat tarkibida havo taqsimlash tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgan.

Shu bois harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar bekatda tushirilgan va ortda harakatlanib kelgan 43-yo‘nalishdagi harakat tarkibi yordam sifatida kelib, nosoz harakat tarkibini texnik ko‘rik punktiga olib ketgan. 

Unitar korxona mutasaddilariga ko‘ra, texnik nosozlik 09:25 da bartaraf etilgan.