Toshkent metrosidagi qurilishlarda 899 mln. so‘m mablag‘ talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi

  • 12:40 / 05.07.2021
  • 430

So‘nggi paytlarda metropoliten bilan bog‘liq muammolar ko‘p kuzatilishini Transport prokuraturasi o‘rganib chiqqan.

O‘rganishlar davomida sohada ko‘plab qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Xususan, birgina joriy yilning may-iyun oylarida “Toshkent metropoliteni” UKning ayrim mansabdor shaxslarning o‘z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganligi natijasida jami 650 ta inson omili bilan bog‘liq kamchilik topilgan.

Shuningdek, yig‘ilishda joriy yilning 6 oyida metropoliten bilan bog‘liq o‘nga yaqin ko‘ngilsiz holatlar aks etgan videolavhalar tarqalgani ham ta’kidlandi. 

Shuningdek, Toshkent xalqa yo‘li yerusti metropolitenida olib borilgan qurilish ishlaridan 899 million so‘m talon-taroj qilingan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.