Toshkent metrosining yer usti liniyasi uchun 10ta metro poyezdi qaysi mablag‘ hisobiga xarid qilinishi ma’lum bo‘ldi

  • 14:21 / 13.07.2021
  • 276

Joriy yil 12-iyulda Vazirlar Mahkamasining “Toshkent metropoliteni uchun o‘nta to‘rt vagonli metro poyezdlarini xarid qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. 

Unga ko‘ra, mazkur loyihaning umumiy qiymati 63 mln. 702,74 ming yevro bo‘lib, loyiha doirasida “ВЭБ.РФ” davlat rivojlanish korporatsiyasi bankidan 11 yil muddatga 30 mln. 449,07 ming yevro hamda “Roseeksimbank” AJdan 12 yil muddatga 24 mln. 461,57 ming yevro miqdorida kredit mablag‘lari jalb qilinadi.

Bunda O‘zbekiston tomonining Davlat byudjetidan 8 mln. 792,10 mln yevro miqdoridagi mablag‘ ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil 12-yanvardagi tegishli qaroriga muvofiq, “Toshkent metropoliteni” UK va “Metrovagonmash” AJ (Rossiya Federatsiyasi) o‘rtasida o‘nta metro poyezdni (40ta vagon) 52,85 mln. yevroga sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolangani ma’lum qilingan edi.