Toshkent shahridagi mudhish YTHda haydovchilar vafot etdi

  • 16:22 / 20.04.2021
  • 76

2021-yil 19-aprel kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida 23 yoshli Abdullo Z. boshqaruvidagi Nexia-3 avtomobili 25 yoshli Bunyod boshqaruvidagi Matiz avtomobili ishtirokida mudhish YTH sodir bo‘ldi.

YTH oqibatida Nexia-3 mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 24 yoshli Samarqand viloyatida yashovchi Mohinur T. tan jarohati olib tibbiyot muassasasiga olib borilgan. 

Nexia-3 haydovchisi ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan. Matiz haydovchisi esa voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. 
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l transport hodisasining kelib chiqishiga Nexia-3 haydovchisi belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotganligi va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib Matiz bilan to‘qnashganligi sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.