Toshkent shahrining ayrim ko‘chalari 15–16-iyul kunlari vaqtincha yopiladi

  • 11:40 / 12.07.2021
  • 68

Joriy yil 15–16-iyul kunlari Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mavzusidagi Xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Mazkur tadbirda 400dan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Mazkur xalqaro tadbir munosabati bilan shaharda ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Mazkur tadbirni o‘tkazish jarayonida Tashkent City majmuasi atrofidagi quyidagi yo‘llar vaqtinchalik avtotransport vositalari uchun yopiladi:
–  Islom Karimov ko‘chasi – Turob To‘la ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
–  Furqat ko‘chasining mahalliy yo‘li – Islom Karimov ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha;
–  Olmazor ko‘chasi – Beshyog‘och ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Shuning ushbu ko‘chalarga tutash bo‘lgan yo‘llarda harakatlanish vaqtincha cheklanishi mumkin.

IIV YHXBB haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralari va yo‘l belgilari talablariga rioya qilishlarini hamda muqobil aylanma yo‘llardan harakatlanishlarini so‘ramoqda.