Toshkent shahrining uch tumanida ichimlik suvi vaqtincha o‘chiriladi

  • 15:27 / 22.07.2021
  • 112

Toshkent viloyati Qibray tumani "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida diamatri 1400 mm, Toshkent shahar Sergeli tumani Xonobod ko‘chasida diametri 1000 mm va Qipchoq ko‘chasida diametri 600 mm bo‘lgan ichimlik suv quvurlarini ko‘chirish jarayonida shaharning ayrim hududlari aholisi ichimlik suvi ta’minotidan vaqtincha uziladi. 

Joriy yil 23-iyul kuni soat 9:00 dan 24-iyul kuni soat 21:00 gacha suv ta’minotida uzilishlar kuzatiladigan manzillar ro‘yxati:  

Yashnobod tumanidagi Katta Olmos, Iqbol, O‘rtamasjid, Mumtoz, Katta Qo‘yliq, Qo‘yliq Obod, Uysozlar, Tarnovboshi, Yangiqo‘rg‘on, 2-Bexizor mahallalari, 28 va 29- sonli oilaviy shifoxonalarida;

Bektemir tumanidagi Abay, Bektemir, Oltintopgan, Husayn Bayqaro, Majnuntol, Mirishkor, Rohat, Zilola, Iqbol, Chashma, Nurafshon mahallalari hamda Porloq ko‘chasi, Suvsoz dahasi 1, 2- mavzelarida. Vodnik qozonxonasi;

Mirobod tumanidagi Qo‘yliq ota, Barotxo‘ja, Parvona, Bayot, Chinor, Yangi Qo‘yliq, Yuksalish, Fayziobod, Oq uy, Ziyonur, Tolariq mahallalari hamda Qo‘yliq mavzesi 1, 2, 3, 4 - dahalari, Fayziobod, Bilimdon ko‘chalari, “Hayot” va “Daniyel Xil” mehmonxonalarida. 6-qozonxonasida;

Sergeli tumanidagi Qo‘shqo‘rg‘on, Xonobod, Quruvchilar, Ziyokor, Madaniyat, Shukur Burxonov mahallalarida va "Oltin vodiy", "Qumariq", "No‘g‘oyqo‘rg‘on", "Junariq", "Yuqori Darxon", "Yangidarxon" MFYlari, 3-aeroport, Sergeli dehqon va Sergeli mashina bozorida, Qumariq, Qipchoq, Nurhayot, So‘g‘diyona, Daryo bo‘yi, No‘g‘ay Qo‘rg‘on, Viqor, Bunyodobod, Ziynat, Yo‘ldosh, Navqiron, Ittifoq, Ezgulik, Madadkor, Habibiy, Tashabbus, Yangi Umid, Oriyat va Marxamat mahallalarida;

– Yangihayot tumanidagi Olchazor, Charag‘on, Do‘stlik, Yorqin mahallalari va "Yangi Choshtepa", "Sofdil", "Al-Farg‘oniy", "Viqor", "Choshtepa", "Yo‘ldosh" MFYlari hamda tuman prokuraturasida;

– Chilonzor tumanidagi "Gavhar", "Katta Do‘mbirobod", "Katta Chilonzor-1", "Katta Chilonzor-2", "Katta Chilonzor" va "Naqqoshlik" MFYlarida;

– Yakkasaroy tumanidagi "Yakkasaroy", "Meros", "Muqimiy", "To‘qimachi", "Dilbuloq", "Muhandislar" MFYlarida suv ta’minoti vaqtinchalik o‘chiriladi. 

Musaffo obi hayot MChJ hududi bo‘yicha:

– Qibray tumanidagi Chingeldi, Dustlik, Jarboshi, Toshisti, Ibrat, Arg‘in, Mirishkor mahallarida; 

– Zangiota tumanidagi Beruniy, Qorasuv, Xonobod, Qushbegi, Istiqlol, Nomdanak, Taraqqiyot, Xonobodtepa mahallarida suv bosimi kamayadi.