Toshkent tumanida 19 yoshli fuqaro elektr toki urishi oqibatida vafot etdi

  • 17:09 / 04.06.2021
  • 224

Toshkent tumanida elektr toki urishi oqibatida bir fuqaro vafot etgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ayni vaqtda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugun, 4-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Ukam transformator toki urishi oqibatida bevaqt vafot etdi” sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi.

Unda aytilishicha, 2002-yilda tug‘ilgan T.X. ko‘cha yuzida o‘rnatilgan transformatorga tegib turgan temir panjaraga tegingan va oqibatda elektr toki urishi oqibatida bevaqt vafot etgan.

“Besh yil oldin shu transformator yonida mol nobud bo‘lgan edi. Shuncha vaqt o‘tsa-da, nosoz transformatorni tuzatishmagan”, – deyiladi videolavhada.

Hodisaning Toshkent tumani Chuvalachi mahallasi Gulyashnar ko‘chasida sodir bo‘lgani aytilmoqda.