Toshkent viloyati hokimi Senat a’zosi etib saylandi

  • 14:02 / 24.08.2021
  • 293

Oliy Majlis Senatining 24 avgustdagi qo‘shma yig‘ilishida Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Senat a’zosi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, qo‘shma majlisda ovoz berishda ishtirok etgan deputatlarning 518 nafari Davron Hidoyatovni yoqlab ovoz bergani ma’lum qilindi. Shunday qilib, viloyat hokimi mutloq ko‘pchilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi.

Ma’lumot o‘rnida, qo‘shma majlisda 535 ta deputat ishtirok etib, ovoz berish jarayonlariga 531 kishi qatnashdi.