Toshkent viloyatida 100 ga yaqin ta’lim muassasasi karantinga olindi

  • 13:18 / 27.04.2021
  • 140

Toshkent viloyatida 100 ga yaqin ta’lim muassasasi karantinga olindi.
Viloyat hokimligi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha,  Toshkent viloyatida 891 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi mavjud bo‘lib, joriy yilning 26 aprel kuni holatiga ko‘ra, 72 ta umumta’lim maktablarining 100 nafar o‘quvchi va 42 nafar o‘qituvchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 64 ta maktab to‘liq, 8 ta umumta’lim maktabi 11-sinflari onlayn ta’limga o‘tkazildi.
Viloyatda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari 514 ta bo‘lib, 9 ta MTT da koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 7 ta MTT to‘liq, 2 ta guruh onlayn rejimga o‘tkazildi.
Shuningdek, Bo‘stonliq tumanidagi 1,2-sonli kasb-hunar maktablari, Chirchiq shahridagi Chirchiq tibbiyot texnikumi, ChDPI akademik liseyi, Chirchiq davlat pedagogika Instituti, Toshkent davlat Jismoniy tarbiya Universiteti, 7-sonli musiqa va san’at maktabi, Olmaliq shahridagi MiSIS, I.Karimov nomidagiToshkent davlat texnika Universiteti filialidagi 1 ta guruh hozirgi kunda ish faoliyatini onlayn rejimida olib bormoqda.
Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra 26 aprel kuni viloyatda 55 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.