Toshkent viloyatida bir oyda jami 3 sotixga yaqin maydonga ekilgan giyohvand o‘simliklari yo‘q qilindi

  • 15:30 / 04.06.2021
  • 233

Yuqori Chirchiq tumanida IIV va vazirlikning quyi tizimlari tomonidan “Qora dori – 2021” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlaridan birii o‘tkazildi.

Ushbu nazorat-reyd tadbiri davomida shu tumanning “Ittifoq” MFYda yashovchi, 1968-yilda tug‘ilgan Zahro M.ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, tomorqadagi 8 kv. metr joyda 1 540 tup “ko‘knori” giyohvand o‘simligi yetishtirilayotganligi aniqlandi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Toshkent viloyati IIBB JQB tezkor xodimlari tomonidan shu va shunga o‘xshash boshqa jinoyatlar o‘rganilib, may oyi mobaynida jami 18 kg. 921 gr. giyohvandlik moddalari daliliy ashyo tariqasida olib qo‘yilgan hamda 264 kv. metr yer maydoni tarkibida giyohvand modda bo‘lgan o‘simliklar yo‘q qilingan.