Toshkent viloyatida YPX xodimi xizmat vaqtida olgan tan jarohati sabab vafot etdi

  • 17:31 / 14.09.2021
  • 196

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, serjant O‘rmonov Dilmurod Bo‘taboyevich xizmat vazifasini bajarish chog‘ida olgan tan jarohatlari sababli vafot etdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 11-sentyabr kuni Toshkent viloyatida jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan o‘tkazilayotgan profilaktik tadbir davomida Piskent tumani hududida xizmat burchini bajarayotgan YPX inspektori serjant Dilmurod O‘rmonov, haydovchi 1992-yilda tug‘ilgan Sh.A. (mastlik holatida) boshqaruvidagi “Lacetti” avtomashinasiga to‘xtash ishorasini beradi.

Haydovchi esa IIO xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirgan va 1991-yilda tug‘ilgan Piskent tumani IIB YHXB qidiruv va surishtiruv bo‘yicha inspektori, serjant Dilmurod O‘rmonovni urib yuborib YTH sodir etadi.

Natijada, ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramay serjant Dilmurod O‘rmonov olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada joriy yil 14-sentyabr kuni vafot etgan.
Xabardor.uz tahririyati marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.