Toshkent viloyatidagi qator avtomobil yo‘llarida harakatlanish vaqtincha cheklanmoqda

  • 11:37 / 05.05.2021
  • 91

Joriy yilning 6–8-may kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan Bektemir – Chirchiq – Gʻazalkent – Chorbog‘ avtomobil yo‘lida ma’lum vaqtlarda transport harakati cheklanadi.

Qayd etilishicha:
– 6-may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Chorbog‘ avtomobil yo‘lining 34 va 54-kilometrlari oralig‘i;
– 7-may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Toshkent – Chorbog‘ – Chimyon avtomobil yo‘lining 34 va 71-kilometrlari oralig‘i;
– 8-may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Chirchiq shahri – Chirchiq Olimpiya zaxiralar kolleji avtomobil yo‘lida transport harakati cheklanadi.