Toshkent xalqaro aeroportida "Xizbut-tahrir"ga aloqadorlikda ayblanayotgan shaxs ushlandi

  • 10:46 / 30.03.2021
  • 151

IIV xodimlari tomonidan, joriy yilning 18-fevral kuni “Novosibirsk-Toshkent” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan, 1996-yilda tug‘ilgan Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida doimiy ro‘yxatda turuvchi X.R. bilan surishtiruv ishlari olib borildi.  Aniqlanishicha, X.R. Rossiyada ishlashi davomida “Xizbut-tahrir” terrorchilik tashkilotining ta’siriga tushgan.

Unga tegishli bo‘lgan uyali telefon apparatlari tekshirilganida, xotirasida diniy mazmundagi taqiqlangan materiallarni saqlashi va o‘ziga yaqin bo‘lgan tanishlariga tarqatganligi aniqlandi. Unga tegishli bo‘lgan mobil qurilamalar xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi.

Mazkur holat yuzasidan X.R. ga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.