Toshkent xalqaro aeroportining 22 yillik yopiq estakada yo‘li ochiladi

  • 13:47 / 26.04.2021
  • 243

Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi qavatiga olib boradigan anchadan buyon yopiq yotgan estakada yo‘li ochilishi mumkin. Bu boradagi rejalar Prezident Shavkat Mirziyoyevga Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports kompaniyalarini transformatsiya qilish borasidagi taqdimoti davomida ma’lum qilingan. 

2021-yil 26-aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov bunga to‘xtalib o‘tgan.
“Toshkent xalqaro aeroportiga kirib borishdagi anchadan beri yopiq yotgan estakada yo‘li ochilishi kutilmoqda. Bu yo‘lovchilarga katta qulayliklar yaratadi”, – ta'kidladi Sherzod Asadov.

Eslatib o‘tamiz, mazkur estakada 20 yildan ortiq muddat davomida kutib oluvchi va kuzatuvchilarga xizmat ko‘rsatmay kelayotgan edi.